
Alisher Navoiy korpusi

252
Yuzu engida muncha latofat bo'lur ermish,
Qosh-u ko'zida muncha ham ofat bo'lur ermish.
Husnidin aning hur itib qochdi, pariy ham,
Bir odamida muncha latofat bo'lur ermish.
Mohim yuzini chunki quyosh ko'rdi — tutuldi,
Muncha falaki elda kasofat bo'lur ermish.
La'ling mayig'a chashmai hayvonni qilib zam,
Usrukrak erur muncha sarofat bo'lur ermish.
Javr etganida o'lmas edim, gar anga so'ngra,
Bilsam edikim, lutfi izofat bo'lur ermish.
Kirganda balo dashtig'a fikr etkay edim gar,
Yuzdin biri, bilsamki, mahofat bo'lur ermish.
Debturki: Navoiy so'zining bandasidurmen,
Bu lutf ila ul shahda zarofat bo'lur ermish.