Alisher Navoiy korpusi

253

Ey musavvir, lutf etib sizg'il meni jonong'a to'sh,

Uylakim, tushkay yuzi bu diydai hayrong'a to'sh.

Yuzi bo'lsun yuzuma to'sh, qaddi ham to'sh qaddima,

Lek jonparvar labi la'lini tarh et jong'a to'sh.

Ro'baro' har uzvi har uzvumg'a to'shdek tushmagay,

Yuzi ko'zgusi vale bu dudlig' afg'ong'a to'sh.

Ko'ksini ko'ksumga to'sh sizg'il demonkim, tushmagay

Nozanin jismi aning bag'rimdag'i paykong'a to'sh.

Olloh-Olloh, telbalik soldi xayoloti muhol

Ko'ngluma, yo'qsa ne loyikdur gado sultong'a to'sh.

Qaysi yonkim itlarin tarh aylagungdur bazm aro,

Siz meni tufroqqa yuz qo'yg'on vale ul yong'a to'sh.

Chekti chun har kimsani bir ishga to'sh kilki qazo,

Ohkim, bu telbani qildi raqam hijronga to'sh.

Aysh jomin tutmang, ey davri tarab soqiylari,

Bizgakim, charx etti bizni mehnati davrong'a to'sh.

Ey Navoiy, telba ko'nglum zor tang'a kelmadi,

Toki el majnunni bir ko'rsatsalar vayrong'a to'sh.

  • Semantik izoh: