
Alisher Navoiy korpusi

254
Chekib jon rishtasin chobuksuvorimkim, kamand etmish,
Ko'ngul saydin hamono ul kamandi birla band etmish.
Firoq ichra ajal zahrin tut, ey soqiyki, ishq andoq
Achig' sharbatni bu qotiq marazg'a sudmand etmish.
To'kulmak qoningiz ko'yida, ushshoq, orzu qilmang
Ki tig'i ishq bu davlatqa bizni arjumand etmish.
Bul ohimdin falakka yetsang oxir ishqi Majnunkim,
Bu yel imdod ila ul shu'lani andoq baland etmish.
Bu ham xushturki, moni' bo'lg'ay el nazzora aylarga,
Bukim maydonida xoki tanim gardi samand etmish.
Anikim sevdim-u yuz ming balog'a uchradim, yo'qkim
Manga yolg'uzki, yuz ming men kebi bedilg'a pand etmish.
Rizo berkim, qazog'a yo'q tafovut, kimsa yuz qatla
Ne kelsa ollig'a xursand yoxud bad pisand etmish.
Siyosat aylaram mujgon sinoni birla mundoqkim,
Ko'zum ul yuzga gustoxona boqib bahramand etmish.
Navoiy tarki zuhdu ilm qildi, toki dildori
Ichib may tunu kun xudroyliq birla lavand etmish.