Alisher Navoiy korpusi

255

Nechaknm qatl bila noz erur yorg'a ish,

O'lmaku arzi niyoz o'ldi meni zorg'a ish.

Xasta ko'nglum tilasa vasli shifosin, ne ajab,

G'ayri sihhat ne havas bo'lg'usi bemorg'a ish.

Bandi zulfida tilar ko'nglum o'zin mahkamroq,

Garchi maxlas talabi bo'ldi giriftorg'a ish.

Qoni to'lg'an necha din ahlin asir etti ko'zi,

Bo'ldi paydo yana ul kofiri xunxorg'a ish.

Marham o'rnig'a ko'ngul zaxmini tirmar ul sho'x,

Do'stlar, sa'b tushubtur bu dili afgorg'a ish.

O'lturur o'tkanu qolg'an boshog'i ko'nglumda,

Ey falak, qatlim erur sobit-u sayyorg'a ish.

Juz zafo ahlig'a sargashtalik etmak oyin,

Go'yiyo qismat emas gunbadi davvorg'a ish.

Olam ahlida chu yo'q yorki, mehr o'lg'ay ishi,

Sen qiyos aylaki, ne bo'lg'usi ag'yorg'a ish.

Ey Navoiy, o'zungga olam ishin oson tut,

Gar desang tortmasun el buyla dushvorg'a ish.

  • Semantik izoh: