
Alisher Navoiy korpusi

256
Ul oy gar ayni usrukluktin uyqu maylig'a yotmish,
Vale bir ko'z yumub ochquncha yuz ming fitna uyg'otmish.
Visoling bay'ida sud etmish ul tojirki, Yusufdek
Agar ming bandasi bo'lsa, barin bu vajh uchun sotmish,
To'la gavhar aqiqing huqqasidin bahri ashkim ko'r
Ki, ko'k anjum bila durluq sadafdek qa'riga botmish.
Soching savdosidin xayli malak majnunvash o'lmish bil,
Magarkim olami arvohqa atrini butratmish.
Chamanda naqsh bandi nomiya ko'p sarv-u gul naqshin
Chiqarmish, qaysi birni sarvi gulro'yumg'a o'xshatmish.
O'qidin par chiqarmishmenkim, ul turki xadang afgan,
Qayonkim g'amzasining novakin chekmish, manga otmish.
Qadahdin jon topibmen, go'yiyokim no'shlab soqiy
Ani mamzuj etarda obi hayvondnn anga qotmish.
Zamona ahlig'a go'yo zamon o'z fe'lin o'rgatmish.
Navoiy xastalig'din dam urarg'a quvvati yo'qtur,
Ani go'yo vafosizlar jafosi asru emgatmish.
Zamon ahli zamona rangi birla bevafodurlar.