Alisher Navoiy korpusi

257

Ey jamolingning xayoli xotiri vayronda naqsh,

Shamsadin qolg'an asar yanglig' buzug' ayvonda naqsh.

Tegdi bir novakki, sahmidin o'lub erdim, valek

Yangi jon toptim aning otin ko'rub pankonda naqsh.

Kecha ul gul furqatidin, kunduz atfol ilgidin

Xor-u xora zahmini ko'r bu tani uryonda naqsh.

Orazing naqshiki chiqmas tiyra ko'nglumdin dame,

Qildilar go'yoki Yusuf suvratin zindonda naqsh.

Ey musavvir, sizmag'il Majnun-u Layli suvratin,

Bas menu yorim hadisi safhai davronda naqsh.

Naqsh sudin chun bo'lur zoyil, ajabdurkim, erur

Yig'lag'an soyi xayoling diydai giryonda naqsh.

Dahr elidin gar vafo Qilding tama', ey soddadil,

Istading amreki, tutmas, haynizi imkonda naqsh.

Qildi ko'p devonni el naqshi nigor, ammo emas

Uylakim, qildim nigorim vasfini devonda naqsh.

Bog'lamas naqsh ulki bo'lg'ay sendin o'zga yor uchun,

Bazmi dard ichra Navoiy bog'lasa hijronda naqsh.

  • Semantik izoh: