
Alisher Navoiy korpusi

258
Shafaq jinsin quyosh zarrishtasidin chorqab qilmish,
Shafaqgun qilg'ali mehr ahlining ashkin sabab qilmish.
Sanga taqlid qilmish gulki, osib ko'za bo'ynidin,
Tikan ustiga ani turg'uzub gardun adab qilmish.
Falak hajri to`la zahr o`lsa, muncha qatl emas mumkin
Ki, anfosi Masih oyin bilan ul no`shlab qilmish.
Zamonda bul-ajab oseblar solmish, falak tokim
Bu yanglig' ul zamon oshubi tavrin bul-ajab qilmish.
Ne umr o'lg'ay mangakim, mast bebokim meni nogah
Tirik ko'rganda o'lturmish va gar o'lsam, g'azab qilmish.
Jamol avroqida har nukta bor ul yuzda zohirdur,
Magar ul safhani davron boridin muntaxab qilmish.
Meni devonag'a yuz shikva bor o'z qavm-u xaylimdin
Ki, Majnung'a ne turlik zulmkim qilmish, arab qilmish.
Sen ani istamakdin tinmag'il bir lahzakim, solik
Agar matlub topmish, andin ermishkim, talab qilmish.
Visol ahli, siz-u aysh-u farog'atkim, Navoiyg'a
Azal qassomi ro'zi ishq aro ranj-u taab qilmish.