Alisher Navoiy korpusi

26

Dahrkim, yor yo'q mango anda,

Bor esa dog'i yo'q vafo anda.

Toza dog'edurur ko'zum qondin

Kim, bo'lubtur nihon qaro anda.

Uyla zindon durur firoqki, yo'q

Men kibi kimsa mubtalo anda.

Zaxmi ko'p ko'nglum o'ldi g'am tog'i,

Lolalar har taraf yaro anda.

Dardinga jon-u ko'nglum o'ldi vatan,

Istagan topti munda yo anda.

Ka'badin dayr sari chek menikim,

Rind o'lur kirsa porso anda.

Furqat ichra Navoiy ul gulsiz

Bulbuledurki, yo'q navo anda.

  • Semantik izoh: