Alisher Navoiy korpusi

260

Labing bu xastag'a nevchun takallum etmadi ish

Ki, bir sukunj bila hosil etsa yuz olqish.

Otar hamisha qoshi yosi birla g'amza o'qin,

Agarchi bo'lmas o'q otmoq, yo'q ersa yoda kerish.

Boshog'laringmu ekin bag'rim ichra yo qoldi

Iting chu tu'ma uchun anda mahkam ayladi tish.

Tariqi ishq aro komildurur ko'ngul, ne ajab,

Kamol topmoq etib ishni ishq ila varzish.

Zaif jismni to tig'i yordi – nolonmen,

Nechaki chiqmas uni, necha chok bo'lsa qamish.

Chekar gul ollida bulbul fig'on, magar bildi

Ki, o'tsa vasl bahori, xazoni furqat emish.

Navoiy, asra nihon ishq nuktasin zinhor

Ki, ishq piri manga yoshurun bu nukta demish.

  • Semantik izoh: