
Alisher Navoiy korpusi

261
Manga bor ul sanami ra'no xush,
Ko'runur o'zga sanamlar noxush.
Yolg'uz ani sevaramkim, manga bor
Ul xush, o'zga kishi yo'q aslo xush.
Xalq noxushlig'idin qayda g'amim,
Bor esa ul sanami zebo xush.
Yuzungga yuz qo'yayin xat orakim,
Sabzada keldi guli ra'no xush.
Kecha hijronida may tortar edim,
Kirdi gul gulruxi mah siymo xush.
Menda yuz biymki, tutqach olibon,
Chekti ul sho'xi qadahpaymo xush.
Dayr aro o'zni, Navoiy, xush tut,
Chun kelibtur sanga ul tarso xush.