Alisher Navoiy korpusi

262

Nevchun yuzida qahr ila chin zohir aylamish,

Xurshid chashmasida kishi mavj ko'rmamish.

Vasling so'zin eshitkach etar ko'nglum iztirob,

Sog'inmag'il aniki, firoqingda to'xtamish.

La'lingni istamonki og'izdin chiqarg'amen,

Bir xastadekki, jonini og'zinda asramish.

Bo'ldim halok – chun beliga bog'ladi kamar,

Qatlimg'a go'yiyo belin ul sho'x bog'lamish.

Bemorlig'da jon itiga qilmisham nisor,

Ko'yi sari kelibki so'ngakimni sudramish.

Soqiy, ketur qadahki, chu g'am aylamish hujum,

Bu yetmayin ko'nguldin alar barcha butramish.

Yuz pora ko'ngliniki Navoiy yig'ib edi,

Ul sho'x kirmishu yana borini qo'zg'amish.

  • Semantik izoh: