
Alisher Navoiy korpusi

263
Ne xam qoshlardururkim, hasrati qaddimni yo qilmish,
Ne kirpiklar o'qikim, ro'zgorimni qora qilmish.
Ne pech-u tobi hadsiz domi zulf erkinkim, ochilg'ach,
Demay ko'nglum qushikim, uyla yuzni mubtalo qilmish.
Ne ko'zlardurki, olmish ko'z yumub ochquncha ko'nglumni,
Qilib har go'shada bemor-u qismi yuz balo qilmish.
Ne oraz lolasidurkim, ko'ngulni qon etib dardi,
Tugon qo'yg'an bila daf'ig'a ul qonning davo qilmish.
Ne nozuk xo'y erurkim, aylamish o'truda yuzdashnom,
Gadoyekim aning zulf-u ko'zu qaddin duo qilmish.
Biravkim, jannat-u do'zax so'zin sharx aylamish, go'yo,
Kinoyat vajhi birla vasl-u hijronni ado qilmish.
Ajab ko'r ishq arokim, mo'r etarga ajdaholarni,
Fusundin mo'rxatlar qaydi zulfin ajdaho qilmish.
Qazodindur manga ishq o'ynamoq, ey nosihi nodon,
Ko'rubsenmu kishi hargizki, tag'yiri qazo qilmish.
Navoiydek xalosim yo'q edi ul g'amza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dog'i bo'ynumg'a toqilmish.