Alisher Navoiy korpusi

266

Septi tun mushkiga siymi sudadin kofur qish,

Aysh uchun oq-u qorani ayladi masrur qish.

Garchi Hindistonda qor o'lmas, vale oq raxtini

Yoydi Hindiston kebi bu tunda nomaqdur qish.

Gar erur zang ahli zulmoni va lekin qor ila

Qildi tun zangisini ahli safov-u nur qish.

Boda oq uy ichra ichmak rasm erur qish bo'lg'ali,

Haq yuzin oq aylasunkim, qo'ydi xush dastur qish.

Bazmni o'tdin qizitti, bazm ahlin bodadin,

Sahv emishkim, bo'ldi sovug'lug' bila mashhur qish.

Qish emish may boisi, zoti burudatdin birav

Zuhd etib sovuqqa gar to'ngsa, erur ma'zur qish.

Uyi vayronlarg'a qattig'dur, vale bil mug'tanam,

Bo'lsa kulbang may bila asbobidin ma'mur qish.

Mulki Jam istar esang, albatta chek jomi saboh,

Kechagi maydin seni subh aylasa maxmur qish.

Ey Navoiy, do'zax ermish gard ila issig' bulut,

Qor-u muz birla sovug'din bor esa mahjur qish.

  • Semantik izoh: