Alisher Navoiy korpusi

267

Hushi yo'q ko'nglum junun dashtida bir shaydo emish

Kim, aning qoshida Majnun asru-ko'p dono emish.

Tutti sarig' lolalar ruxsori ashkim birla rang,

Dema, ey ra'noi gulruxkim, guli ra'no emish.

Har bir ohim dudining maddu savodin ko'rgan el

Zulfi hajrinda, sog'ing'aylarki, bir yaldo emish.

Telba ko'nglum holini bilmak tamanno ayladim,

Yillar ermishkim, junun dashtida nopaydo emish.

Dedim: islay anbarin zulfungni ol, boshim evaz,

Dedikim: sen telba boshinda ajab savdo emish.

Ey g'aniy, ushshoqdin mustag'niy o'ldung, bilmading

Kim, fano ahlig'a sultonlig'din istig'no emish.

Anglamas erdim Navoiy holin ul oy ko'yida,

Har kecha to subh ishi faryod-u vovaylo emish.

  • Semantik izoh: