
Alisher Navoiy korpusi

268
Javzo kunidin dog'i ul chehra jamil ermish,
Yaldo tunidin dog'i ul zulf tavil ermish.
Har qatra ko'ngul qoni jon berdi o'luk tang'a,
Hosiyatini so'rduq – la'lingg'a qatil ermish.
Gulzor aro nilufar ochildi, gumon ettim —
Xol o'rnig'a har yuzda bir nuqtai nil ermish.
Hijron tuni daf' o'lg'ach, bildimki, yuz ochibsen,
Xurshid vujudig'a tong nuri dalil ermish.
Ovora ko'ngul istab jon tandin olur ishqing,
Ul telbagakim itmish go'yo bu kafil ermish.
Oyini qanoat tut, izzat tilar ersangkim,
Ermish tama' ahlidin har kimki zalil ermish.
Ko'nglini Navoiyning olsang, nazar aylab ko'r
Kim, dard ila dog' ichra joni ne qatil ermish.