
Alisher Navoiy korpusi

269
Suvratingdur uyla ko'nglum baytulehsonida naqsh,
Kim, pariy timsoli shahning qasri ayvonida naqsh.
Anga yondoshmoq mening haddim yo'q, ey suvrat nigor,
Cheksang aning naqshini, qilma meni yonida naqsh.
Go'y qilg'anda boshimni yuqti har yonig'a qon,
Layli-yu shingarf ila sog'inma chavgonida naqsh.
Jismi uryonimki, ko'p tolpindi tog'-u dasht aro,
Xor-u xorodin, tamosho ayla, har yonida naqsh.
Zor ko'nglum yo musavvir bo'ldi, yo suvratparast,
Har tarafkim suvratingni qildi vayronida naqsh.
Zuhd aro yo'q juz malolat, negakim, kilki qazo
Aysh tarhin qildi jomi boda davronida naqsh.
Ul pariykim, hajridin o'ldi Navoiy, ey rafiq,
Suvratin qildurg'asen zinhor devonida naqsh.