
Alisher Navoiy korpusi

27
Tushta ko'rdum yorni xandon raqibin o'truda,
Rashkdin har lahza tish qirchillaturmen uyquda.
Ul pariy vasli aro yodimg'a kirsa furqati,
Telbalar yanglig' to'karmen ashk ayni kulguda
Ko'zgu jannat ravzanidurkim, tamosho qilg'ali
Hur kelmish go'yiyo, aksing emastur ko'zguda.
Yulduz itkandek quyosh yog'dusida, itti quyosh
Orazing xurshidi chun qildi tulu' ul yog'duda.
Soqiyo, bir jur'a tut, shoyadki yuzlangay nishot,
Necha bo'lg'ay hajrdin ozurda ko'nglum qayg'uda.
O'zlukumni ashk eltib, o'zdin andoq yotmen
Kim, o'zumni tonimon, aksimni ham ko'rsam suda
Chun Navoiy yor sari yuzlanur, qayg'u qolur,
Soya qolg'andek keyin, xurshid bo'lg'ach o'truda.