Alisher Navoiy korpusi

270

Sarvi ra'no qaddidin ra'no qading cholok emish,

Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish.

Ulki aytur ko'nglaking ul gul g'amidin chok emas,

Anglamaydur beg'ami g'ofilki, ko'ksum chok emish.

Bazmdin usruk chiqib to'kti ulusning qonini,

Ahli din, qochingkim, ul kofir ajab bebok emish.

Ishqim o'tin shoxai to'bi urub past istagan,

Bilmading, ul shox bu o't ollida xoshok emish.

Tushta Majnunni hazinu zor ko'rdum, angladim

Kim, bir oy hajridin ul ham men kebi g'amnok emish.

Bir quyosh hajri meni holimg'a qo'ymas zarraye,

Demangiz bu ishga bois anjum-u aflok emish.

Voiz aytur hur ummidi birla ul oy tarkin et,

Ey Navoiy, ko'rki, ul purgo'yi beidrok emish.

  • Semantik izoh: