Alisher Navoiy korpusi

271

Bir kishi o'zni qilur ahli fano bazmida xos

Kim, qilur o'zluki birla o'zidin o'zni xalos.

Dard-u g'am xoslaridinmenu o'lmakdur ishim,

Bo'lur ermish g'am ila dardg'a bu nav' xavos.

Bo'lmayin g'arqi fano, istamag'il gavhari vasl,

Dur topilmas, kishi to bahrda bo'lmas g'avvos.

Qilmay ul Zuhra jabin bazmda bir davri simo',

Ne uchun bo'ldi ekin shefta ko'nglum raqqos.

Menki ko'z qonin oqizdim, oqizur hajr dog'i,

Qonim ul qon uchun iynak qilib izhor qasos.

Fath tolibg'a yetishmas, agar ermas muxlis

Kim, o'shul fotihaning lozimasidur ixlos.

Fayzi om istar esang, ayla Navoiy o'zni

Bu fano dayri aro mug'bachalar bazmig'a xos.

  • Semantik izoh: