Alisher Navoiy korpusi

272

Ey ko'ngul, zohir etib ishqing o'ti dog'ig'a hirs,

Bulbul ul nav'ki gulshan guli yafrog'ig'a hirs.

Uylakim, ko'r gado kuhli basirat tilagay,

Ko'zuma raxshing ayog'i izi tufrog'ig'a hirs.

Bo'ldi Farhod ila Majnuncha ko'ngul mundoqkim,

Ko'rguzur dashti junun birla balo tog'ig'a hirs.

Yor bedillarig'a qayda ko'ngul bersunkim,

Ish anga bo'ldi ulustin ko'ngul olmog'ig'a hirs.

Gar haris o'lsam aning ko'yi tavofig'a ne ayb,

Bo'lur el tab'ida firdavsi jinon bog'ig'a hirs.

Dahr aro mast ila hushyor tama' zoridurur,

Negakim g'olib erur usruk ila sog'ig'a hirs.

Qullug'i dog'idin ozodalig' iqboli yetar,

Ne ajab, bo'lsa Navoiyda g'aming dog'ig'a hirs.

  • Semantik izoh: