
Alisher Navoiy korpusi

273
Gar etti ishqini ahli jahon uchun taxsis
Valek hajrini bu notavon uchun taxsis.
Visol ayshini maxsuslarg'a qildi raqam,
Nechukki, hajr g'amin men yomon uchun taxsis
Demangki, qatlig'a maxsusmenki, aylabdur
Qilichi kesmakida imtihon uchun taxsis.
Chu bog' erur vataning, shodmon bo'l, ey bulbul
Ki, g'amg'adur meni bexonumon uchun taxsis.
Boshimni tufrog' et, ey muddaiyu tashlamag'il
Ki, ani qilmisham ul oston uchun taxsis.
Agarchi dahr elida mehr yo'q, sipehr etmish
Bu ishni ul mahi nomehribon uchun taxsis.
Xush ulki, yor Navoiyni qilmayin mazkur
Dedi, jafoni qilibmen falon uchun taxsis.