
Alisher Navoiy korpusi

274
Ey dog'i mehnatingg'a meni mubtalog'a hirs,
Ul nav'kim, diram sari bo'lg'ay gadog'a hirs.
Hajrida vaslin istabon aylarmen iztirob,
Ko'rguzgan el kebi maraz ichra davog'a hirs.
Men davri ro'zgor qoralig'in istaram,
Qatlimg'a tong yo'q ul ko'zi qoshi qorog'a hirs.
Mahrummen visolidin, ushbu emish asar,
Har kimki zohir aylasa bir muddaog'a hirs.
Atfol g'uncha uzgali oncha haris emas
Kim, bor ko'ngullar olg'ali ul dilrabog'a hirs.
Men chekkali jafosini hirs aylaram ayon,
Ne tong, agar ul aylasa zohir jafog'a hirs.
Solikka hech mazhab aro hirs xo'b emas,
Illo bu eski dayrda jomi fanog'a hirs.
Mahrumluq harisqa oyin erur valek
Vasli ishida kirmayin o'tmas arog'a hirs.
Dard-u g'amin ko'p istayu bo'ldi Navoiyg'a
Muncha kerakmas erdi bizing benavog'a hirs.