
Alisher Navoiy korpusi

275
Erur ishqing meni mahzung'a maxsus
Ki, Layli dardidur Majnung'a maxsus.
Qo'yung, ey sarvu savsan, jilvakim, bor
Bu ish ul qomati mavzung'a maxsus.
Ko'rub mast aylamak lofin qo'y, ey may
Ki, bu bor ul labi maygung'a maxsus.
Qo'y, ey oy, tunni yorutmog'nikim, bor
Bu ish ul husni ro'zafzung'a maxsus.
Ko'zum girdobi jismimni cho'murdi,
Emas bu Dajlav-u Jayxung'a maxsus.
Manga bemehr sensen ham, falak ham,
Bu ish bor oy ila gardung'a maxsus.
Navoiy, otashin gul g'unchasidek
Erur kuymak seni dilxung'a maxsus.