
Alisher Navoiy korpusi

276
Fayz taqvida chu no'q bil kim erur, ey murtoz,
Mabdai fayz ko'pu maykada piri fayyoz.
Botin-u zohiring ahvolini ko'r kim qilmish
Zoyi' ul birni xavotir, bu birisin ag'roz.
Pir nutqi ketarur ujbu riyo birla hasad,
Iso o'ldi chu muolij, netar etmay amroz.
Fard bo'l dini-yu uqbodin, agar vasl kerak,
Istagan yorni kavnayidin etsun e'roz.
Kirg'ovul qorda yoshung'an kebidur ayblaring,
Elga bas zohir, agarchi sen etarsen ig'moz.
Ko'zung ollida xating mushki chu kofur o'ldi,
Ko'r ani, gar ko'zunga kirmadi ersa bu bayoz.
Kimki illalloh ila ko'ngliga istar payvand,
Naf'i losidurur eldin kesilurga miqroz.
Qilma ko'nglungni savol ahli kadu kajkuli,
Solma bir zarfqa yuz nav' muxolif ag'roz.
Do'st yodi tirik asrar chu Navoiy ko'nglin
G'ayr zikri bila doim nega bo'lg'ay hamroz.