Alisher Navoiy korpusi

277

Baslig'a jon istar ul huri malaksiymo evaz,

Muncha bilmaskim, emas yuz jon anga aslo evaz.

Ul pariy pobo'sin aylar va'da, vahkim, topmag'um

Bo'lsa yuz ming jon meni devonai shaydo evaz.

Jon labig'a berdimu yetkursa basdur qatraye,

La'li tekkan maydin ul sho'xi qadah paymo evaz.

To'biyu kavsar sanga, ey voizu bo'lsun, manga

Ul labi go'yo bila ul qomati ra'no evaz.

Rishtai dinimni uzdi, lek basdur qilsa lutf,

Rishtai zunnoridin ul mahvashi tarso evaz.

G'ofil o'lma yordinkim, bir nafasliq yodig'a,

Solik ollinda emas dunyo-yu mofixo evaz.

Yo'lida o'lsang, Navoiy, yetkura olur sanga

Yuz tuman jon raxshi gardidin bizing mirzo evaz.

  • Semantik izoh: