Alisher Navoiy korpusi

278

Qilg'an ermish notavon sarviravonimni maraz,

Zor o'larmenkim, qilibtur zor jonimni maraz.

Chu topar ozor jononim marazdin, yo'q ajab,

Aylasa ozurda joni notavonimni maraz.

Gar marazning lozimi dard o'ldi, bilmon, ey ko'ngul,

Dardmand etgaymu, oyo dilsitonimni maraz.

Sadqasi aylang meni mardudni, ey do'stlar

Kim, zaif etmish ulustin tonlag'onimni maraz.

Dardlig' ko'nglum halokin istaramkim ko'yida,

Yiqmish ul ovorai bexonumonimni maraz.

Yuz tuman mendek kuhan pir o'lsa aning sadqasi,

Qilmasun ozurda, yo rab, navjuvonimni maraz.

To mariz o'lmish nigorim – qon to'kar giryon ko'zum,

Ey Navoiy, dey olurmen – to'kti qonimni maraz.

  • Semantik izoh: