Alisher Navoiy korpusi

279

Ey, quyosh vasfin demaktin, mohi ruxsoring g'araz,

Obi hayvon zikridin la'li shakarboring g'araz.

Ulki, debturlar badan bo'stonida ruh-u ravon,

Ahli ma'ni ollida qad birla raftoring g'araz.

Jilvagar kavsar zulolida quyoshning lam'asi,

Ko'zgu ichra chehra aksidin namudoring g'araz.

Sayl mavjidin raqibi xona pardozing murod,

Abr sayridin samandi barqkirdoring g'araz.

Ey ko'ngul, Farhod tog'i birla metin zaxmidin

Dard-u mehnat shiddatidin jismi afgoring g'araz.

Ul quyoshqa, ey falak, har zarrani zor etmaking,

Zarrai maqsud yo'q juz bizga ozoring g'araz.

Ey Navoiy, umr bobida vafosizliq so'zi

Kim, bo'lur mazkur, erur sho'xi jafokoring g'araz.

  • Semantik izoh: