
Alisher Navoiy korpusi

28
Behi rangidek o'lmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimog'im ichra har bir tuxmi yanglig' donai savdo.
Mazallat tufrog'i sarig' yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard o'lturg'on masallik tuk bo'lur paydo.
Oqartib ishq boshimni, nihon bo'ldi sarig' chehram,
Momug' ichra behini chirmag'an yanglig' kishi amdo.
Yuzumda tig'i hajring zaxmi har sori erur bevajh,
Behini tig' ilan chun qat' qilmoq rasm emas qat'o.
Yuzum tufroqdadur har dam qurug'on jism ranjidin,
Behiga sarnigunlik shoxi za'fidin bo'lur go'yo.
Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yanglig',
Kiyib pashmina, toatqa qadin ham asramoq avlo.
Navoiy gar quyosh noranjidin behrak ko'rar, tong yo'q
Behikim lutf qilmish mahdi ulyo ismat ud-dunyo.