
Alisher Navoiy korpusi

280
Dayr piri xidmatida qilsa har xammor shart,
Kim belin rust aylagay, avval erur zunnor shart.
Shart qildimkim, vafosizlarni emdi sevmayin,
Ishq zo'r etkach vale botil bo'lur bisyor shart.
Tavba qilmoq istar ersang, qilma da'vo oshkor,
Tengriga topshur o'zungni, qilmag'il izhor shart.
Ishqni jabborlar fahm aylamaslar, negakim,
Bordur anda jon resh-u xotiri afgor shart.
Bo'lmag'il ozurdavu ozurda qilma kimsani,
Faqr oyinida nevchunkim emas ozor shart.
Shart ila da'vo fano ichra emas sharti adab,
Beadablig'dindur, etsa shayxi da'vivor shart.
Solik ersang, ishga mashg'ul o'l, vale dam urmag'il,
Kim, bu yo'lda shart erur kirdor, emas guftor shart.
Istar ersang tengrini, butlarni sindurkim, erur
Ushbu yo'lda dini-yu uqbodin istig'for shart.
Ey Navoiy, charxdin juz egrilik ko'z tutmakim,
Hojat ermas qilmoq ani charxi kashraftor shart.