
Alisher Navoiy korpusi

281
Gul uza anbar yoyildi, zohir etkach yor xat,
Orazi gulnor uza kim ko'rdi anbarbor xat.
Xattini ko'rdik lab uzra, gar zumurrat xat kishi
Ko'rmadi la'l uzra yo shingarf uza zangor xat.
Demakim, xat yozmading hajrimdakim, eltur kishi
Yo'qturur, lekin yotur hujramda yuz tumor xat.
Ul pariy qasrida xomam no'gidin, oh, o'q kelur,
Oh o'qi birla yozar holatda majnunvor xat.
Qonima hijron agar xat olmamish, ne vajhdin
Ashki gulgundin ayon qilmish sarig' ruxsor xat.
Ul quyoshtin ayru sarig' chehram usturlobdek,
Ko'rguzur tirnog' ila behad raqam, bisyor xat.
Jomi Jam davrida shavkat ahlining tarixidur
Kim, ayon aylabturur ul sog'ari zarkor xat.
Davri gardun sayridin tuzluk tavaqqu' qilmakim,
Mumkin ermas mustaqim etmak raqam pargor xat.
Yor xattidin Navoiy xasta ko'ngli za'f etar,
Za'fqa mujib bo'lur, chun ko'p o'qur bemor xat.