
Alisher Navoiy korpusi

282
Xat chiqarding, qilma husn-u noz aro emdi g'alat
Kim, yana bedod qilman deb yuzung ko'rguzdi xat.
Qo'yki, moviy yog'lig'ingni yuzdin olmay bir zamon,
Ne uchunkim, xush ko'runur zarvaraq uzra shamat.
Boqmadi holimg'a ayni nozdin usruk ko'zung,
Nechakim ollinda yolbordim, boqardim har namat.
Xomadek garchi qurubmen qatl uchun shaq qilg'ali,
Ko'ksum ul sho'x istamaydur tig'kim, istar miqat.
Asru beandom erur to'bi-yu shamshod asru past,
Qomatingdur mu'tadil, men tolibi haddi vasat.
Shomi hijrimg'a agar yo'q subh, xushtur intiqom
Kim, falak bo'ldi firoqim tog'i ollinda saqat.
Ey Navoiy, ul paridin odamilig' ko'rmading,
Ulki sog'inding parini odami qilding g'alat.