Alisher Navoiy korpusi

283

Yuzu la'lingdin topar har lahza ko'nglum inbisot,

Uylakim, xotirg'a yuzlangay gul-u muldin nishot.

Orazingni oy desam yo'q ayb, chun ko'rguzmading,

Ey quyosh, chehrangni ochkim, yaxshi aylay ehtiyot.

Aylasam zohir aning mehrin mahalli rashk emas,

Zarrag'a ne bo'lg'usi xurshid birla ixtilot.

Dilbaro, bazming bisoti notavon ushshoqdin

Chun to'lubtur, g'ofil o'lmakim, emas xoli bisot.

Hajrdin yetmak visol ichra ne mumkin sabrsiz

Kim, tamug'din o'tti uchmog' sari qat' etmay sirot.

Bog'lama ko'nglungni bu manzilg'a, nevchunkim, erur

Bir yangi mehmon yeri har lahza bu eski rabot.

Ey Navoiy, dahr aro ne kelsa, bo'lg'il munbasit,

Garchi lazzatsiz bo'lur kuch birla qilmoq inbisot.

  • Semantik izoh: