
Alisher Navoiy korpusi

284
Uyla qildim daftari ishqingda har dastonni hifz
Kim, qilur atfol sura-surai qur'onni hifz.
Telbalikdin garchi yo'qtur xotirimda hech harf,
Lek bas xo'b etmisham afsonai hijronni hifz.
Oraz-u ko'yungni vasf aylarni qilg'an orzu,
Aylamak avlo bahoriston bilan bo'stonni hifz.
Yuz balog'a uchrasa jonim g'amidin, g'am yemon,
Har baliyatdin kerak haq aylasa jononni hifz.
Yor derlar aylamish kulbamg'a kelmak ixtiyor,
Vahki, aylay olmog'um beixtiyor afg'onni hifz.
Shomi zulfi qaydi-yu mehri uzorin ko'
Aylamishmen surai vallaylu val-rahmonni hifz.
Ey Navoiy, ishq atvorini hifz aylay degan,
Barcha ishni tark etib, qilsun bizing devonni hifz.