Alisher Navoiy korpusi

285

Ey, o'lukni tirguzur chog'da surub durbor lafz,

Dam-badam zohir qilib lutfung Masih osor lafz,

Qadding ul naxliki, bori gavhari alfoz erur,

Olloh-Olloh, ne qad ra'nov-u gavharbor lafz.

La'li har lafzida ma'ni ko'pturur, yo'q tifldek,

Bir adoye ma'ni aylarda degay bisyor lafz.

Orazing vasfida ko'p so'rsam quyosh lafzin, ne tong,

Ajz esa ma'ni adosida topar takror lafz.

Hajr aro andoq topibdur noladin bo'g'zum xirosh

Kim, bo'lur dardi dilim aytur zamon afgor lafz.

Bemalohat xo'bkim debo kiyor bor uylakim,

Ma'ni o'lg'ay choshnisizlik anga pargor lafz.

Ey Navoiy, ko'nglungga bersang safo, yor ollida

Fosh o'lur sirring, ne hojat aylamak izhor lafz.

  • Semantik izoh: