Alisher Navoiy korpusi

287

Ko'ngulki ishqini jon ichra ayladi mahfuz,

Guharni naqdi nihon ichra ayladi mahfuz.

Ko'ngulki ko'yida erdi g'arib, dardu g'amin

Ne bas, g'aribi makon ichra ayladi mahfuz.

Nachukki ruh-u ravon tandadur nihon, ishqin

Ko'ringki, ruh-u ravon ichra ayladi mahfuz.

Yuzi-yu og'zida asrab ko'ngul bila jonni,

Yaqinda dog'i gumon ichra ayladi mahfuz.

Yoshurdi dog'ini qonlig' ko'ngulda, vah, ko'rkim,

Tugonni lolasiton ichra ayladi mahfuz.

Labida asradi jonimni, ishqi jon farsoy

Qurutti qonin-u qon ichra ayladi mahfuz.

Navoiy o'ldi fig'ondin, bu turfaroqki, aning

Chu jonin oldi, fig'on ichra ayladi mahfuz.

  • Semantik izoh: