Alisher Navoiy korpusi

288

Haqdin azizliq tilasang, eldin uz tama',

Kim xalqning aazzi dedi azza manqana'.

Mazmumdur qanoatidin qone' etsa faxr,

Tome' xisolidin kishi ne aylagay tama'.

Kim to''ma topmas etkali iftoru ro'zadur,

Ermas vara' bir ochqa g'izo bazlidur vara'.

Motam o'zungga tutki, o'larsen gunoh ila,

Be jurm tifling o'lganiga nedurur jaza'.

Bir dardmand ko'nglida ko'rsang vaja', anga

Gar ko'ngling og'rimas, ul emas, budurur vaja'.

Nafs o'lsa tobi'ing kishisen, yo'qsa bo'lmag'ung

Hargiz kishi, bo'lub sanga yuz ming kishi taba'.

Qoqqil, Navoiy, ushbu eshikni lajoj ila

Kim, sobit o'ldi faqrda mazmuni manqana'.

  • Semantik izoh: