Alisher Navoiy korpusi

290

Qilur qayg'u ko'nglumga ul nozanin jam',

Jarohatqa andoqki bo'lg'ay chibin jam'.

Labingda halovat bo'lur mufrit andoq

Ki, gul yafrog'ida bo'lur angubin jam'.

Yig'ar qatl uchun elni ul kofir, ammo

Duosig'a aning bo'lur ahli din jam'.

Ishi dasht uza g'ayri rasvolig' ermas,

Necha bo'lsa ko'yungda xilvatnishin jam'.

Taningcha emas, ko'nglaking ichra qilsa

Kishi hulla ichra gul-u yosmin jam'.

Yuzing davrida zulf-u mashshotalar ko'r

Ki, gul xirmanida erur xo'shachin jam'.

Giriftorlar uyladur zulfung ichra

Ki, hijron tuni bo'lsa xayli hazin jam'.

So'zung nomabarqush yig'ar aylagandek

Nabi nuktasin Jabraili amin jam'.

Navoiy xayoli ne maxzanki, yo'qtur

Base bahr aro oncha durri samin jam'.

  • Semantik izoh: