Alisher Navoiy korpusi

291

Ming javr ila biravki qilur ishqdin ruju',

Qilmoq ruju'dur ish aro qilmayin shuru'.

Berganda piri dayr may ilgimga deb edi,

Ollimg'a har ne mug'bachalardin topar vuqu'.

Qutqarg'ay erdi kufrdin o'lsa haq ollida,

But sajdasida munchaki men ayladim xushu'.

Ishq ermish asli ilm fano darsgohida,

Ahli usul har neki der sar-basar furu'.

Aylar xumor shomida yuz tiyralishi daf',

Sog'ar quyoshi qildi chu ko'p charxidin tulu'.

Ishq ichra surxro' bo'la olmang, chu sepmasang

Ruxsori za'faroni uza lolagun dumu'.

Gar ishqdin ruju' Navoiy qilur edi,

Emdiruju' qilg'anidin ayladi ruju'.

  • Semantik izoh: