Alisher Navoiy korpusi

292

Ul pariy har dam qilur majnunlarin shod o'zga nav',

Lek etar men telbaga har lahza bedod o'zga vav'.

Yorni men ko'rmay o'ldum, ul ko'rub ham o'lmadi,

Ishq aro men bormen o'zga nav'u Farhod o'zga nav'.

Zikr etar bazm ichra lutf-u mehr ila oshiqlarin,

Lek men badro'z rasvoni qilur yod o'zga nav'.

Ishq aro o'zni manga o'xshatma, ey bulbulki, bor

Lahn-u ohang o'zga nav'u ohu faryod o'zga nav'.

Shayx-u talqini riyokim, soliki dayri fano

Bizga qilmish dard-u ishq oyinin irshod o'zga nav'.

Siz cheking no'shi visol, ey ahli ayshu nozkim,

Biz bo'lubbiz zahri hajr ichmakka mu'tod o'zga nav'.

Ko'nglidek so'rma Navoiyniki, qilmag'lig' erur

Qushni ozod o'zga nav'u qulni ozod o'zga nav'

  • Semantik izoh: