Alisher Navoiy korpusi

293

Ul quyoshtin topti bu aqshom bizing koshona sham',

Qilmasun bu uyni dudidin qorong'u yona sham'.

Band ayog'ida lagandin, boshida soch dudidin,

Ul pariy hajrinda mendekdur magar devona sham'.

Yo'l shabiston ichra topmas, har kecha kelturmasa,

Ul quyosh devoni husnidin necha parvona sham'.

Ista gohi bizni dog'i, ey mahi xirgahnishin

Kim, bo'lur fonus aro parvonag'a hamxona sham'.

Nola qilmas til chekibkim, uyqu istab yorg'a,

Sarguzashtidin kecha der go'yiyo afsona sham'.

Netti bir kun yorusa sendin yiqilg'an kulbamiz,

CHun topar oy partavidin doimo vayrona sham'.

Tong emastur, har biri gar bo'lsa durri shabcharog',

Orazing hajrida to'ksa ashkidin har dona sham'.

Bu shabiston ichra keldi farqig'a tig' uzra tig',

Boshiuzra chunki qo'ydi toji zar shohona sham'.

Ey Navoiy, o'rtagil jon-u ko'ngul parvonasin

Kim, bu aqshom orazidin ayladi jonona sham'.

  • Semantik izoh: