Alisher Navoiy korpusi

294

Istamassen xotiri ushshoqi hayroningni jam',

Yo'qsa nevchun qilmading zulfi parishoningni jam'.

Ishqing o'tig'a ko'ngul ichra dedim taskin beray,

Buki qildim zor jismim ichra paykoningni jam'.

Asramoqqa yer iki ko'zdin munosib topmadim,

Oritib yuzniki, qildim gardi maydoningni jam'.

Yaxshi erdi, ey ko'ngul, qatling xud aning tig'idin,

Itlariga bersalar kosh, aylabon qoningni jam'.

Ul pariy majnunlarig'a sad'yak o'lg'ay, ey quyosh,

Chunki qilsang zarrai behaddu poyoningni jam'.

Gar tabassum vaqtida ko'rsang labin, ey bog'bon,

Yelga bergaysen, qilib gulbargi xandoningni jam'.

Ey Navoiy, nazming el ko'nglin parishon ayladi,

Qilding el ko'ngli uchun go'yoki devoningni jam'.

  • Semantik izoh: