Alisher Navoiy korpusi

296

Keldi yoru bo'lmas ollinda muyassar foshlig',

Ul quyoshtin toptuq oxir mansabi xuffoshlig'.

Anglamas bulbul ichim paykonlarinkim, gul emas,

Novakoso tez mujgonlig', muqavvas qoshlig'.

Ko'zdur ul tifl o'rni-yu istar yugurmak ashk ila,

Go'yiyokim bor anga bois, bu ishga yoshlig'.

Ishq dashtida yog'ar ovoralar boshig'a tosh,

Bu jihatdin bo'lmish ul sahro hamono toshlig'.

Orazing naqshida Chin suvratgari bo'ldi zabun,

Chin budurkim, kilki sun' etmish ani naqqoshlig'.

Sho'x mayno'shimg'a Qorun ganji to'ksam qadri yo'q,

Bizni mayxona gadoyi qildi ul qalloshlig'.

Boshlaridin kechtilar ishq ahli hijron dashtida,

Vomiqu Farhod ila Majnun Navoiy boshlig'.

  • Semantik izoh: