
Alisher Navoiy korpusi

297
Yaraqondin manga gar bor esa ruxsor sarig',
Turfa ko'ngilki, erur diydai xunbor sarig'.
Ko'zki, qon yosh oqibon bo'lmasa sarig'lig'i daf',
Rangi go'yoki sarig' lola kebi bor sarig'.
Xil'atin dema sarig' rangki, ruxsoru ko'zum
Ayladi oyinagun to'nida izhor sarig'.
Yaraqon daf'i sarig' jins qilur, turfa ko'rung
Kim, bo'lur tegsa yuzum to'nig'a bisyor sarig'.
O'zga sufrat manga yuz qo'ydi, yo'q ersa tong emas,
Za'faron rangicha o'n bor esa bemor sarig'.
Men kebi subhu quyosh oshiqing o'lmish, negakim
Sidq-u mehr ahli yuzi qildi namudor sarig'.
Xas kebi bo'lsa Navoiyg'a sarig' yuz, kulma,
Ko'rguzur gulni dog'i bog'da gulzor sarig'.