Alisher Navoiy korpusi

298

Oncha yor altofidin har kun yetar sharmandalig'

Kim, erur kam, har biriga yuz yil etsam bandalig'.

Ham junun, ham xastalig' ko'yungda chun niqti meni,

Sarbaland o'lmoqdin ortuqdur manga afkandalig'.

Zulmung idbori aro tufrog' ila tong bo'lg'anim

Yaxshiroqkim, o'zgalarning lutfidin farxundalig'.

Qadd-u og'zing hajrida gulshang'a mayl etmonki, yo'q

Sarv dilkash jilvalig' yo g'uncha shakkarxandalig'.

Ne farishta poklikda husnunga keldi shabih,

Ne pariyg'a odamilig'da sanga monandalig'.

Ishq ko'yining gadoyimenkim, anda tengdurur

Shoh esa zarbaftlig' yo soyil o'lsa jandalig'.

Dema mensiz o'lmading, vaslimda ko'p yer o'pmagil

Kim, quyi solmish Navoiy boshin – ul sharmandalig'.

  • Semantik izoh: