Alisher Navoiy korpusi

299

Bil ani dayrda masti mudom men yanglig'

Ki, may gadolig' etar subhu shom men yanglig'.

Biravni rindi xarobot anglakim, bo'lg'ay

Bir ilgida kadu-yu birda jom men yanglig'.

Anga halol may-u ishq dayr aro bilkim,

O'ziga zuhdni qilmish harom men yanglig'.

Banaqdi jannat aro no'sh etar mayi kavsar,

Angaki, maykada bo'lmish maqom men yanglig'.

Hayot sofini nokomdin birav ichkay

Ki, dayr durdi bila topsa kom men yanglig'.

Abiri jannat isin aylamas pisand ulkim,

Muattar aylasa maydin mashom men yanglig'.

Yomon emas edi Majnunda ishq tavri valek

Sumursa may bo'lur erdi tamom, men yanglig'.

Biravki jon berib, eldin vafo tama' tutti,

Pishurdi ko'nglida savdoi xom men yanglig'.

Navoiy o'zlukidin tindi, ulki dayr ichra

Ushatti shishai nomusu nom men yanglig'.

  • Semantik izoh: