
Alisher Navoiy korpusi

3
Ey, qilib lutf-u ato birla ulus komi ravo,
Ey, vujud-u adam ikkisi vujudingg'a guvo.
Sen solib nav'i bashar xayli mizoji aro za'f,
Sendin aflok tiboida qavi barcha quvo.
Ofarinish sipahida bir emas yuz mingdin
Mehrkim, chekti falak burjida zarbaft livo.
Etmasa gardi rahing ko'hli bo'lub Ruhulloh
Ojiz aylar chog'i xuffosh amosig'a davo.
Lutfung ollida kirib ravzag'a ahli isyon,
Qahring o'lg'anda tushub vaylg'a ahli taqvo.
Sharqdin g'arbni bir dam borib ahli talabing
Kim, bo'lub himmat ayog'i bila ul qavm ravo.
Gulshani vaslinga har qushki havo ko'rguzdi,
Yetmadi lek agar yetti qilib erdi havo.
Zotinga g'ayrni kimsa nachuk etgay tashbih,
Mosivalloh chu sivo keldi-yu ul zot sivo.
Yo rab, ul barg nasib etki, Navoiy topqay
Bog'i tavhid gul-u bulbuldek bargu navo.