Alisher Navoiy korpusi

30

Tig'i zahr oludidin jismimda sartosar yaro

Chashmai zahri g'amidin ichmakimga har yaro

Naylay o'lmay, ey ko'zi qotilki, yuz ming yoradin,

Jismi afgorim uza muhlikdurur aksar yaro.

Itlaring mehmonim o'lsa, to'ma yoram qonidur,

Qotil o'lg'ach, turfa ko'rkim, bo'ldi jonparvar yaro.

Qon borurdin garchi jismim bog'ig'a bo'lmish xazon,

Turfaroqkim, qondin ochmish yuz guli ahmar yaro.

Yorag'a qo'yg'an momug'lardin bo'lub boshimg'a toj,

La'l-u yoqut aylamish ul tojg'a zevar yaro.

Yog'mag'an bo'lsa tanimg'a tiyrboroni firoq,

Bir badanda kimga bo'lg'ay bu qadar bovar yaro.

Yora gar mahbubdin yuz muncha yetsa bok emas,

Chun yetar ahbobdin, aylar meni muztar yaro.

Desang, ey soqiy, badal o'lsun, qadah tut behisob

Kim to'kar qonimni behad, kim erur bemar yaro.

Ey Navoiy, qaysi bir yorang o'ng'alg'ay, negakim,

Turg'ani birla erur bu notavon paykar yaro.

  • Semantik izoh: