
Alisher Navoiy korpusi

300
Sho'xi charog'chi yoqibon husnidin charog',
Mash'al fatilasi bila ko'ksumga qo'ydi dog'.
Bazm ahlin o'rtamakka yoqar kecha zulm o'tin,
El bazmini yorutg'ali ermastur ul charog'.
Ko'nglumdurur fatila emas mash'al ichrakim,
Ul sho'x o't solib, quyar aning o'tig'a yog'.
Bo'ldi quruq yog'och kebi jism-u boshimda o't,
To bo'lg'ay anga mash'alaning xarjidin farog'.
Mash'alni kosh tutmasa, o'tluq yuzi yetar,
Gar sayr etarga qo'ysa shabiston sari ayog'.
Ne tong, ko'zinki sham'i hidoyat yorutmasa,
Xabt o'lg'an elga mash'ala dudi bila dimog'.
Ushshoq bazmi mash'ali bas oh shu'lasi,
G'am shomi qilma mash'alachi har sari so'rog'