
Alisher Navoiy korpusi

301
Ko'zungki, kufr ila yuz ding'a soldi vayronlig',
Xudoy uchun tiy ani — yo'qmudur musulmonlig'.
Qadingki jilva uza jilva ko'rguzur har dam,
Ajab emas manga hayronlig' uzra hayronlig'.
Labingni so'rsam, emas tongki, to'kti qonimni,
So'rarlar aniki, bo'lg'ay birav bila qonlig'.
Demishsen o'lturayin ishq ahlin aylab jam',
Magar bilibsen alar ichra ko'p parishonlig'.
Ne hukm aylar esang, ayla husn mulkidakim,
Sanga musallam erur xo'blarg'a sultonlig'.
Jununni tark etibon oqil o'l, dedi zohid,
Bo'lur emish bani Odamg'a muncha nodonlig'.
Deding, Navoiy agar vasl topsa, o'lturayin,
Firoqing ichra gumon aylading ani jonlig'.