Alisher Navoiy korpusi

302

Ey labing xosiyati chashmai hayvon yanglig',

Quyi-yu yuqorig'i xoli bila jon yanglig'.

Ayog'imning qalami za'fdin andoqki qalam,

Qotaqolg'an teri davrida qalamdon yanglig'.

Nuni tanvin kibi xam hajrida nobud tanim,

Dog'i pinhonim anga nuqtai pinhon yanglig'.

Qaddi javshan aro ko'nglumda aningdekkim o'q,

Charkasi dulig'a ul o'q uza paykon yanglig'.

Odam o'rniga pariy oshiqi bo'ldumkim, ul

Odamisizlig' aro bo'lmag'ay inson yanglig'.

Yuzi nazzorasi hayronlig'i o'lturdi meni,

Bir nazardin kim o'lubtur meni hayron yanglig'

Qo'yma bu manzil-u maskanga ko'ngulkim zinhor,

Angla yo'l o'tkuchidek o'zni-yu mehmon yanglig'.

Johning zebig'akim husn tilab, bildikkim,

Ziynati kelmadi joh ahlig'a ehson yanglig'.

Shayx der ishqni tark et, sanga aql o'rgatayin,

Ey Navoiy, kishi bo'lg'ay-mu bu nodon yanglig'

  • Semantik izoh: